O‘zbekistonda Rossiyada mehnat qilish uchun patent berish markazi ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyada mehnat qilish uchun patent berish markazi ochiladi

O‘zbekistonda Rossiyaning ko‘p tarmoqli migrasiya markazi tashkil qilinishi kutilmoqda. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Markazda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Rossiya Federasiyasida mehnat qilishga patent beriladi.

O‘zbekiston fuqarolariga patent berish tashabbusini 2018 yil 30 oktyabr kuni Moskvada O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov va Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vazirining o‘rinbosari Aleksey Cherkasov muhokama qilgan.

Tomonlar erishilgan kelishuvlar bo‘yicha 2018 yil 20 dekabrda Toshkentda ishchi guruhning ilk yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olishgan.

Bundan tashqari, uchrashuvda O‘zbekiston aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi, Rossiya mehnat vazirligi Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti va Iqtisodiyot oliy maktabi o‘rtasida fuqarolarning ish stajini hisobga olish va pensiya huquqlari bo‘yicha hamkorlik bitimi loyihasi, shuningdek ikki davlat pensiya jamg‘armasi o‘rtasidagi elektron baza ma’lumotlarini almashish masalalari muhokama qilingan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!