11-sinf o‘quvchisi sodir etgan YTH yuzasidan rasmiy munosabat berildi

11-sinf o‘quvchisi sodir etgan YTH yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 25 aprel kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joydan o‘tayotgan piyodachi 2000 y.t B.M.ni 2006 y.t haydovchi Q.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida turtib yuborgan.

Haydovchi Q.A. piyodachi B.M.ga birinchi yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan.

Hozirda B.M.ning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida Sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.

Shuningdek, xabarda keltirilgan IIO xodimining xatti-harakatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yakuniga ko‘ra, har bir holatga huquqiy baho beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!