O‘zbekistonda qanday hayvonlarni so‘yish taqiqlanadi?

O‘zbekistonda qanday hayvonlarni so‘yish taqiqlanadi?

Qonunchilikka ko‘ra,14 kundan kichik bo‘lgan hayvonlar go‘sht uchun so‘yilishga ruxsat etilmaydi.

Quyidagi hollarda hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish taqiqlanadi:
? veterinariya vrachining ruxsati bo‘lmaganida;
? kuydirgi, o‘lat, qutirish, botulizm, parranda grippi va boshqa bir qancha kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar;
? o‘lim talvasasida bo‘lgan hayvonlar;
? kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan va davolangan hayvonlarni emlashdan keyin 14 kun davomida, oqsil kasalligiga qarshi emlanganda, emlanishdan keyin 21 kun davomida;
? malleinizasiya qilinmagan bir tuyoqli hayvonlar.

So‘yilgan barcha hayvonlarning go‘shti va boshqa mahsulotlari veterinariya vrachi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!