O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgardimi?

O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgardimi?

Bugun, 23 mart kuni ba’zi OAVda O‘zbekistonda pensiya yoshi oshirilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqaldi. Xabarlarda, endilikda O‘zbekistonda erkaklar 65 yoshdan, ayollar 60 yoshdan nafaqaga chiqishi belgilangani aytildi.

Ahamiyatlisi, pensiya yoshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi qarori bilan o‘zgartirilgani ta’kidlangan.

Biroq O‘zbekistonda pensiya yoshini o‘zgartirishga Hukumatning vakolati yo‘q. Bunday vakolat Qonun chiqaruvchi organga berilgan. Ya’ni pensiya yoshi qonun bilan o‘zgartiriladi.

O‘zbekistonda pensiya yoshi o‘zgarmadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, erkaklar 60 yoshdan, ayollar 55 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 18 martdagi qarori bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilgandi, xolos. O‘zgartirishlar asosan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash qaratilgandi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda tegishli ish stajiga ega bo‘lmagan bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga ular 55 yoshga yetganlarida ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.

Demak, pensiyaga staji yetmaydigan ayollar ilgari 60 yoshdan nafaqa olgan bo‘lsa, nogiron farzandi bor onalarga yengillik berilib, staji bo‘lmasa ham, ular 5 yil oldin, 55 yoshdan nafaqa oladigan bo‘ldi.

Davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga yoshga doir nafaqa to‘lanadi. Bunday nafaqa erkaklarga - 65 yoshga yetganlarida, ayollarga - 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!