O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 taga ko‘paydi

2020 yil 27 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3333 (+43) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 31 nafari Navoiy viloyatidan, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Toshkent shahridan hamda 2 nafari Namangan viloyatidan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgani uchun gumonlanib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 2636 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

❗️Hozirda mamlakatimizda 683 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!