O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi

O‘zbekistonda koronavirusdan yana bir bemor vafot etdi

2021 yil 18 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 78091 (+55) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 5 nafari Andijon viloyatida,
— 2 nafari Buxoro viloyatida,
— 1 nafari Jizzax viloyatida,
— 4 nafari Namangan viloyatida,
— 3 nafari Samarqand viloyatida,
— 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 3 nafari Xorazm viloyatida,
— 7 nafari Toshkent viloyatida,
— 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 620 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:
— Andijon viloyatida 6 nafar,
— Buxoro viloyatida 4 nafar,
— Jizzax viloyatida 2 nafar,
— Qashqadaryo viloyatida 3 nafar,
— Navoiy viloyatida 4 nafar,
— Namangan viloyatida 5 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
— Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
— Xorazm viloyatida 8 nafar,
— Toshkent shahrida 9 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 76585 (+48) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 886 nafar bemordan 158 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!