O‘zbekistonda kecha koronavirusdan tuzalganlar chalinganlardan ko‘p bo‘ldi

O‘zbekistonda kecha koronavirusdan tuzalganlar chalinganlardan ko‘p bo‘ldi

2021 yil 21 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 191576 (+242) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌15 nafari Andijon viloyatida,
📌9 nafari Buxoro viloyatida,
📌4 nafari Jizzax viloyatida,
📌4 nafari Navoiy viloyatida,
📌10 nafari Namangan viloyatida,
📌23 nafari Samarqand viloyatida,
📌4 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌15 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌18 nafari Xorazm viloyatida,
📌66 nafari Toshkent viloyatida,
📌74 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹Andijon viloyatida 21 nafar,
🔹Buxoro viloyatida 12 nafar,
🔹Jizzax viloyatida 4 nafar,
🔹Namangan viloyatida 33 nafar,
🔹Samarqand viloyatida 20 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 12 nafar,
🔹Xorazm viloyatida 28 nafar,
🔹Toshkent viloyatida 62 nafar,
🔹Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 188123 (+308) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

⚫️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1378 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko‘tardi. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so‘nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotgan bo‘lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo‘la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to‘liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!