O‘zbekistonda ilk bor xaridorning buyurtmasiga ko‘ra avtomobil yig‘ib beriladi

O‘zbekistonda ilk bor xaridorning buyurtmasiga ko‘ra avtomobil yig‘ib beriladi

O‘zbekistondagi Škoda brendini taqdim etuvchi "Jizzax avtomobil zavodi" MCHJ xaridorlarga o‘zining ŠKODA KODIAQ  komplektasiyasini  tanlab  yig‘ish imkoniyatini berdi!

"ŠKODA KODIAQ – bu  Chexiya  brendining  to‘liq  o‘lchamdagi  yo‘ltanlamas  avtomobilidir.  O‘zbekistonda ushbu  model  ikkita  komplektasiyada  taqdim  etilgan:  besh  o‘rindiqli  Ambition  va  yetti  o‘rindiqli  Style.  Model  to‘liq  privodli  bo‘lib, 320  Nm  aylanish  momentiga  ega  2,0  litrli  turbomotor  va  so‘nggi  avlodning yetti  pog‘onali  DSG  uzatmalar  qutisi, hamda panoramali lyuk bilan jihozlangan.

O‘zbekistonda Chexiya brendining xaridorlari 70 dan ortiq opsiyadan iborat boy katalogni tanlab, o‘z avtomobillarini yig‘ish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, hususan:

– informasion va o‘yin-kulgi tizimlari;

– faol va passiv xavfsizlik funksiyalari;

– yo‘lovchilar uchun qulay opsiyalar;

– qishki to‘plam;

– ichki tafsilotlar

sizning ŠKODA KODIAQ ingizda va bulardan tashkari yana ko‘p narsalar.

Chexiya brendining O‘zbekistondagi birinchi dilerlik markazining ochilishi yaqinda bo‘lib o‘tgan edi, ammo qisqa vaqt ichida ŠKODA  KODIAQ  avtomobili o‘z muxlislarini topib ulgurdi va 2020 yilning eng qiziqarli yangiliklaridan biriga aylandi. ŠKODA KODIAQda boy  funksionallik, ajoyib dizayn va bir qator zamonaviy elektron yordam tizimlari va tarmoqning innovasion imkoniyatlari mavjud.

Batafsil ma’lumotni ŠKODA ning O‘zbekistondagi vakolatli rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin:

Driver’s Village Motor Group (Toshkent)  

+998 (71) 200-07-00 +998 (91) 200-70-70

“KOKAND AUTO TRADE" (Farg‘ona viloyati)  

+998 (73) 229-01-00

 Koll-markazi:

 +998 71 202-71-71", deyiladi "UzAuto" xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!