O‘zbekistonda daraxtlarni asrashga qaratilgan navbatdagi aksiya o‘tkazilmoqda

O‘zbekistonda daraxtlarni asrashga qaratilgan navbatdagi aksiya o‘tkazilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab "Daraxtga nafas bering" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Aksiya davomida daraxtlar asfalt va beton qoplamalardan tozalanmoqda. Shuningdek, turli reklama bannerlari, yoritkichlar va boshqa zararli vositalar olib tashlanmoqda, daraxtlar sug‘orilmoqda.
Xususan, Samarqand viloyatida 100 dan ortiq daraxtlar atrofi beton va asfalt qoplamalardan tozalanib, 114 ta daraxtga ilingan turli reklama bannerlari va elektr simlari yoritkich chiroqlari olib tashlandi. Andijon viloyatida esa 132 ta daraxt beton qoplamalardan tozalanib, 85 ta daraxt turli bannerlardan, yoritkichlardan xalos qilindi. Qolaversa, boshqa hududlarda ham aksiya davom etmoqda.

Bundan tashqari, aksiya doirasida daraxtlarga shikast yetkazganlik holatlari bo‘yicha huquqbuzarlarga MJtKning tegishli moddalariga ko‘ra jazo choralari tayinlanmoqda.

Mazkur aksiya har yili o‘tkaziladi. Bu orqali daraxtlarning yashovchanligini ta’minlash, ularning zararli vositalar ta’sirida shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsad qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!