O‘zbekistonda bolalarning sevimli aktrisasi vafot etdi

O‘zbekistonda bolalarning sevimli aktrisasi vafot etdi

Kecha, 15 mart kuni Yosh tomoshabinlar teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Abdulazizova 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda qalampir.uz yozmoqda.

Dilbar Abdulazizova 1951 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. U hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan.

1973 yildan buyon to umrining so‘nggi kunlarigacha Yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yuritdi. Qizil qalpoqcha , Sehrli soatcha , Ming bir kecha , Meshpolvon , Qor malikasi singari yuzdan ziyod sahna asarlarida turli xarakterdagi qahramonlarni ijro etgan.

Aktrisa 2000 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda esa O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.

Dilbar Abdulazizovani tomoshabinlar ko‘plab film va seriallar, qolaversa, Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi ko‘rsatuvidagi obrazlari orqali tanishar edi.

Tahririyatimiz nomidan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!