O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ikkinchi yig‘inini boshlamoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ikkinchi yig‘inini boshlamoqda

Oktyabr oyida KXDR va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktyabrdan boshlab Toshkentda yig‘inga kirishadi.

O‘FA rasmiy saytining ma’lum qilishicha, yig‘inga jalb qilingan futbolchilar bugun Toshkentdagi "O‘zbekiston temir yo‘llari" sport stadionida birinchi mashg‘ulotni o‘tkazadi.

Bugungi mashg‘ulot soat 16:30 da boshlanadi.

Bosh murabbiy Ektor Kuper yig‘inga jalb etilgan o‘yinchilar ro‘yxatini 2 oktyabr kuni e’lon qilgan. Yig‘in davomida unga yordamchilari Xose Karlos Fantagussi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad yordam beradi.

Darvozabonlar:
Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”)
Eldor Suyunov (“Paxtakor”)
Botirali Ergashev (“Navbahor”)
O‘tkir Yusupov (“Qo‘qon-1912”)

Himoyachilar:
Egor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Sherzod A’zamov (“Paxtakor”)
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Oleg Zoteev (“Lokomotiv”)
Vladimir Kozak (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (“Paxtakor”)
Davron Hoshimov (“Navbahor”)

Yarim himoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Nasaf”)
Aziz Haydarov (“Bunyodkor”)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”)
Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)

Hujumchilar: 
Ivan Nagayev (“Qizilqum”)
Marat Bikmayev (“Lokomotiv”)
Husniddin G‘ofurov (“Lokomotiv”)

O‘zbekiston terma jamoasini oldinda quyidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi:

13 oktyabr, 20:00. "Milliy" stadioni
O‘zbekiston – KXDR

16 oktyabr, 20:00. "Milliy" stadioni
O‘zbekiston - Qatar

20 noyabr, Avstraliya
O‘zbekiston – Janubiy Koreya

Qayd etish joiz, 5 oktyabr kuni BAAda boshlanadigan Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalari bilan birga "F" guruhidan o‘rin olgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!