O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyadan 5 million tonnagacha neft sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiyadan 5 million tonnagacha neft sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Qozog‘iton va Rossiyadan yiligi 5 million tonna neft yetkazib berilishiga qiziqish bildirgan. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayevga asoslangan holda xabar qildi.

Qozog‘iston parlamentining deputatlari O‘zbekiston bilan energetika sohasida hamkorlik haqida bitimni ratifikasiyadan o‘tkazishdi.

O‘zbekiston so‘rovnomasiga asosan Rossiya Federasiyasi O‘zbekistonga yiliga 1 million tonna neft yetkazib berish masalasini o‘rganmoqda. Qozog‘iston tranzit tomon sifatida ko‘rib chiqilmoqda , - deb aytdi Qozog‘iston energetika vaziri.

Bozumbayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 5 million (shulardan Qozog‘istondan 2 million tonna va Rossiyadan 3 million tonna) tonnagacha neft sotib olishga qiziqish bildirgan.

Shuningdek, faqat Qozog‘istondan 5 million tonna yetkazib berish varianti ko‘rib chiqilmoqda , - dedi Bozumbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!