O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Qatar moliya vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Samarqand shahrida Qatar moliya vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida ishtirok etayotgan Qatar moliya vaziri Ali bin Ahmad al-Quvariy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Ali al-Quvariy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ikki tomonlama, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

"Yashil" energetika, transport, sog‘liqni saqlash, turizm, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Yil yakuniga qadar Doha shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumi o‘tkazilishi qayd etildi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!