Zidanning o‘g‘li 29 yoshida futbolni tark etishga majbur bo‘ldi

Zidanning o‘g‘li 29 yoshida futbolni tark etishga majbur bo‘ldi

Zinedin Zidanning o‘g‘li Enzo bir yildan ortiq vaqt ichida o‘ziga yangi klub topa olmagani uchun 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Xabar qilinishicha, Enzo Zidan 2023 yildan beri klubsiz bo‘lgan.

Futbol afsonasining o‘g‘li «Real Madrid» safida o‘ynagan edi.

Uning «Los-Blankos »ning katta jamoasidagi yagona uchrashuvi 2016/17 yilgi mavsumda Ispaniya Kubogida bo‘lib o‘tgan va u yerda debyut o‘yinida gol urgan.

Enzo faoliyati davomida klublarni aylanib chiqdi, Ispaniyaning kuchli uch divizionida ishtirok etdi, shu bilan birga Shveytsariya va Portugaliyaning yuqori saviyali ligalarida, shuningdek, Fransiyadagi Liga 2 da o‘ynadi.

Uning so‘nggi o‘yini 2023 yil may oyida bo‘lib o‘tdi, AS axborot agentligi o‘yindan bir yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, Enzo endi butsalarini osib qo‘yishga qaror qilganini aytdi.

Ta’kidlanishicha, bu qarorga uning yangi klub topa olmaganidan «zerikkanligi» sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!