Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi

Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi

Fransiya Isroil Hizbullohga qarshi operasiya boshlanganini e’lon qilganidan keyin Livandagi vaziyatni muhokama qilish uchun BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radi.

“Men shu haftada Livan bo‘yicha Xavfsizlik Kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni so‘radim”, - dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida.

Va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Tashqi ishlar vazirligi "Isroilning Livan janubiga hujumlaridan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi”.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda Abu-Dabi "davlatlararo munosabatlar va suverenitetni tartibga soluvchi qonunlarni e’tiborsiz qoldiradigan zo‘ravonlik, keskinlik, o‘ylamagan harakatlar va reaksiyalarni qabul qilmaydi".

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Livandagi voqealarni “katta tashvish” bilan kuzatib borayotganini aytdi va barcha tomonlarni xotirjamlikka chaqirdi.

Ar-Riyod, shuningdek, xalqaro hamjamiyat va manfaatdor tomonlarni “mintaqadagi barcha mojarolarga barham berish uchun o‘z rollarini o‘ynashga va mas’uliyat bilan yondashishga” chaqirib, “Livan suverenitetini hurmat qilish muhimligini” ta’kidladi.

Isroil dushanba kuni “Hizbulloh”ning Livandagi marralariga katta zarba berishni boshladi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning mamlakatdagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 492 kishiga yetgan, 1640 dan ortiq kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlar orasida 35 nafar bola va 58 nafar ayol bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!