AQSh va Shimoliy Atlantika alyansining qator a’zolari Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istamaydi

AQSh va Shimoliy Atlantika alyansining qator a’zolari Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istamaydi

Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bildirdi.

"AQSH, birinchi navbatda, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini istamaydi. NATOning bir qator davlatlari Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lishini istamaydi. Biz ko‘rib turgan voqeliklardan kelib chiqib qaror qabul qilishimiz kerak”, - dedi Turkiya rahbari NBS telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga qabul qilinishi masalasida Turkiyaning pozisiyasi haqidagi savolga javob berar ekan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!