Inson yuragi kosmosda tez qariydi

Inson yuragi kosmosda tez qariydi

AQShda bir guruh olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, inson yuragi koinotda bor-yo‘g‘i bir oy bo‘lganidan keyin qarishni boshlaydi, deb yozadi Anadolu.

Tajribani o‘tkazish uchun amerikalik olimlar haqiqiy yurakga o‘xshash sun’iy yurak to‘qimasini yaratdilar va uni maxsus "yurak-chip" tizimiga joylashtirdilar. Uni Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) 30 kun davomida nol tortishish sharoitlaridagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun yuborgan.

Tadqiqotchilar real vaqt rejimida kuzatish uchun sensorlardan foydalanishgan. Taqqoslash uchun, shunga o‘xshash tadqiqotlar Yerda ham o‘tkazilgan. Uning davomida olimlar XKSda 12 kundan so‘ng yurak kuchi deyarli ikki baravar kamayganini, Yerdagi o‘xshash to‘qimalar esa barqarorligicha qolganligini aniqladilar. Yurak zaifligi Yerga qaytganidan keyin 9 kun davom etdi.

Shunday qilib, koinotda bor-yo‘g‘i bir oy davomida odamlarning yurak to‘qimalari zaiflashishi, yurak ritmi buzilishi, qarish belgilariga taqlid qiluvchi molekulyar va genetik o‘zgarishlar paydo bo‘lishi aniqlandi.

Tadqiqot «The Proceedings of the National Academy of Sciences» jurnalida chop etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!