Xitoy 44 yil ichida birinchi marta ballistik raketa uchirdi

Xitoy 44 yil ichida birinchi marta ballistik raketa uchirdi

Xitoy Tinch okeanida qit’alararo ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Xitoy rasmiylari bu sinovlarni rejalashtirilgan deb atagan bo‘lsa-da, ekspertlar bunday sinov oxirgi marta 1980 yilda o‘tkazilganini qayd etishdi, deb xabar beradi VVS.

Xitoy Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, raketa chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 08:44 (GMT 04:44) da uchirilgan.

“Raketa mo‘ljallangan akvatoriyaga tegdi, uchirish raketa kuchlarining yillik harbiy mashg‘ulotlari doirasida amalga oshirildi”, – deya xabar beradi Sinxua davlat axborot agentligi.

Pekin qaysi raketa sinovdan o‘tkazilgani va u qanday trayektoriyani bosib o‘tgani haqida ma’lumot bermadi. Shu bilan birga, Sinxua agentligining qayd etishicha, Xitoy “tegishli davlatlarni oldindan xabardor qilgan”.

Xitoy muntazam ravishda o‘z hududida yadro qurolini sinovdan o‘tkazadi va so‘nggi yillarda Shinjon mintaqasidagi Takla-Makan cho‘lidagi poligonda qit’alararo ballistik raketalarni uchirdi.

Shu bois, joriy sinov 1980 yildan beri Xitoy raketasining xalqaro suvlardan uchib o‘tgan birinchi sinovi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Amerikalik mudofaa bo‘yicha ekspert Jon Rij Xitoyning raketa sinovlarini Qo‘shma Shtatlar uchun "indikativ qadam yoki belgi" deb hisoblaydi.

Pekin va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi bir yil ichida biroz yaxshilandi, ammo Xitoyning mintaqadagi agressiv siyosati AQShni qoniqtirmadi.

Boshqa muammolar qatorida Xitoy va Filippin o‘rtasida keskinlik kuchaymoqda: ularning kemalari ikkala davlat da’vo qilgan suvlarda to‘qnashmoqda.

Avgust oyida Yaponiya harbiy samolyotlari Tokio Yaponiya havo hududini buzganini aytgan Xitoy josuslik samolyotini tutib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!