Tailandda amaldor 10 yil davomida ishga bormay maosh olgan

Tailandda amaldor 10 yil davomida ishga bormay maosh olgan

Tailandda davlat xizmatchisi bir ish kuni ham ishlamay turib, 10 yil davomida maosh va bonuslar olgan, deya xabar beradi South China Morning Post.

Ismi oshkor etilmagan tailandlik amaldor Tailand markazidagi tabiiy ofatlarni boshqarish departamentida ishlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat xizmatchisi bor e’tiborini tungi klubdagi chiqishlariga qaratgan va natijada kun davomida ishni o‘tkazib yuborgan. Biroq uni ishdan bo‘shatishmadi, jarima ham undirmadi, maoshi va mukofotlarini olishda davom etdi.

Vaqti-vaqti bilan uni tanbeh berish va merning iltimosiga binoan hujjatlarni imzolash uchun idoraga chaqirishdi. Xabar qilinishicha, bu taktika tekshiruvdan qochish uchun ishlatilgan.

Qoidabuzarlik davlat xizmatchilari o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni kuzatuvchi Watchdog loyihasi tomonidan qayd etilgan. Biroq Tailand rasmiylari hozircha hodisaga munosabat bildirmagan.

Amaldor 1 yildan 10 yilgacha qamalishi va 600 dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!