Toshkentning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning uchta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning Sergeli, Yunusobod va Olmazor tumanlarida 26 hamda 27 sentyabr kunlari “svet” vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.

Quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Sergeli tumani: “Nomdanak”, “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eski Jaloyir”, “Ko‘hnaqumariq”, “Ziyolilar”, “Eshonbuloq”, “Izzatli”, “Sadoqat” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha hamda 27- sentyabr 00:00 dan 08:00 gacha;
  • Yunusobod tumani: “Nurmakon”, “Sobirobod”, “Astrobod”, “Turkiston”, “Tiklanish”, “Islomobod”, “Hasanboy” hamda “Katta Hasanboy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
  • Olmazor tumani: “Oltinsoy” hamda “Qichqiriq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 12:00 gacha.

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!