Eron Donald Tramni o‘ldirmoqchimi?

Eron Donald Tramni o‘ldirmoqchimi?

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Erondan uning hayotiga tahdid solayotganini e’lon qildi.

«Eron mening hayotimga jiddiy tahdid solmoqda», deb yozgan siyosatchi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron allaqachon tegishli choralarni ko‘rgan, biroq muvaffaqiyatga erishmagan. AQSh harbiylari vaziyatni kuzatmoqda.

Allaqachon ikki marta suiqasdga uchragan Trampning so‘zlariga ko‘ra, u «avvalgidan ham ko‘proq odamlar va qurollar bilan o‘ralgan». Prezidentlikka nomzod Amerika Kongressiga uning himoyasi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratgani uchun minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!