Hizbulloh urush boshlanganidan beri birinchi marta Tel-Avivga hujum qildi

Hizbulloh urush boshlanganidan beri birinchi marta Tel-Avivga hujum qildi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 355 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va G‘azo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 53 kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan buyon 41467 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Al-Quds brigadalari Bayt Lahiya shahrida ishg‘olga oid harbiy texnikani yo‘q qildi.

▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Al-Xalil, Nablus, Tulkarm, Baytlahm, Jeninga bostirib kirdi. Bir falastinlik halok bo‘ldi, 15 dan ortiq kishi hibsga olindi.

▪️Hizbulloh urush boshlanganidan beri birinchi marta Tel-Avivga hujum qildi.

▪️Hayfada Atlit harbiy omborlari yonmoqda, Ilaniya, Shamsmun harbiy bazasi va Shayetet13 dengiz guruhiga zarbalar berildi. Safad yong‘in ichida qoldi.

▪️Bosqinchilar Bekaa vodiysi, Livan janubidagi Midun va Saxmar shaharlaridagi tinch aholi nishonlariga hujum qildi. Hujumlar natijasida Bayrutda Hizbulloh qo‘mondoni Ibrohim Muhammad Qubaysiy halok bo‘ldi.

▪️Livan tashqi ishlar vaziri: Isroilning bombardimon qilishlari tufayli ko‘chirilgan livanliklar soni yarim millionga yaqinlashmoqda.

▪️Bosqinchilar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari stansiyasi joylashgan Suriyaning Tartus shahriga zarba berishga harakat qildi. Suriya havo mudofaasi raketalarni urib tushirdi.

▪️Turkiyadan Livanga yuborilgan gumanitar yordam ortilgan A400M harbiy transport samolyoti Bayrutning Rafik Hariri aeroportiga qo‘ndi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!