Bayden Germaniyaga boradi

Bayden Germaniyaga boradi

U yerda AQSh rahbari Shols, Makron va Starmer bilan Ukrainaga keyingi yordamni muhokama qilmoqchi.

Bu haqda Der Tagesspiegel xabar berdi.

Nemis, nashrining yozishicha, AQSh prezidenti Germaniyaga 10 oktabr kuni tashrif buyuradi va mamlakatda uch kun qoladi. Ushbu ma’lumot hali rasman tasdiqlangani yo‘q.

"Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va AQSh prezidenti Jo Bayden Berlinda uchrashishadi. To‘rtlik formatidagi uchrashuv Ukrainani yanada qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlanadi", deb yozadi Der Spiegel.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!