Prezident havo sifatini yaxshilash bo‘yicha qaror imzoladi

Prezident havo sifatini yaxshilash bo‘yicha qaror imzoladi

🏭 2030 yildan boshlab, Toshkent shahri va uning atrofidagi IESlar va issiqlik markazlarida mazutdan foydalanish taqiqlanadi.

♨️ Poytaxt atrofida joylashgan, ko‘mirda ishlaydigan issiqxonalarga filtrlar o‘rnatiladi.

💨 2028 yilgacha kuchli chang bo‘ronlarini hozirgiga nisbatan 50 foizga kamaytirish vazifasini qo‘yildi.

⛽️ “Evro–4” standartidan past yoqilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni boshlash 2028 yilga qoldirildi.

ℹ️ 2025 yildan Toshkentning 12 ta tumanida kichik monitoring stansiyalari o‘rnatiladi. Ko‘chalarda havo sifatini ko‘rsatib turuvchi monitor va tablolar 2026 yildan ishga tushiriladi.

🌳 2025–2030 yillarda poytaxt va uning atrofida jami 441 gektarlik “yashil belbog‘” va “yashil bog‘lar” tashkil qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!