Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Putinni quldor shaxsga qiyosladi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Putinni quldor shaxsga qiyosladi

Devid Lemmi BMT Xavfsizlik Kengashida so‘zlagan nutqida Rossiya hukumati xalqaro huquqni buzayotgani hamda Vladimir Putin "o‘z mafiya davlatini korrupsiya asosida qurilgan imperiyaga" aylantirishga intilayotganini aytdi.

"Men nafaqat britaniyalik, balki londonlik sifatida, balki ota-bobolari qul qilish maqsadida Afrikadan olib kelingan, ota-bobolari qo‘zg‘olon ko‘targan va qullarning buyuk qo‘zg‘olonida jang qilgan qora tanli shaxs sifatida gapiraman. Sizlarning hujumingiz o‘z manfaatlaringiz uchun amalga oshirilmiqda. Mafiya davlatingizni mafiya imperiyasiga aylantirish uchun harakat qilyapsiz. Bu korrupsiya ustiga qurilgan imperiya. Men imperializmni juda yaxshi bilaman va uni o‘z nomi bilan atayman" , — deya ta’kidladi Buyuk Britaniya TIV rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!