Rossiya Federasiyasi ilmiy tadqiqot niqobi ostida Boltiqbo‘yi va Shimoliy dengizda josuslik qilmoqda

Rossiya Federasiyasi ilmiy tadqiqot niqobi ostida Boltiqbo‘yi va Shimoliy dengizda josuslik qilmoqda

Bu haqda nemis OAVlari xabar bermoqda.

Rossiya Boltiqbo‘yi va Shimoliy dengizlarda gaz quvurlari, ma’lumot uzatish kabellari, shamol stansiyalari va harbiy infratuzilma ob’ektlari haqida muntazam ravishda ma’lumot yig‘moqda. Bu haqda NDR va WDR telekanallari, Süddeutsche Zeitung gazetasi, shuningdek, Niderlandiya, Belgiya, Norvegiya, Finlyandiya va Estoniya jurnalistlarining qo‘shma tekshiruvi yakunlari bo‘yicha hisobotda ma’lum qilindi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi josuslik uchun sezgir gidroakustik va radar uskunalari bilan jihozlangan “tadqiqot kemalari”dan foydalanmoqda.

"Rasmiy ravishda, bu kemalar okeanografik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi, ammo aslida ularning aksariyati Rossiya Mudofaa vazirligi yoki Rossiya Harbiy-dengiz floti ixtiyorida. Rossiya Federasiyasining Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan beri kamida 72 ta bunday kema 400dan ortiq reyslarga chiqqan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular muhim infratuzilmalar yaqinida shubhali manyovrlar qilgan. Bu sabotajlarga tayyorgarlik bo‘lishi mumkin", — deyiladi hisobotda.

Jurnalistlar guruhi tadqiqot kemalaridan birining sobiq ekipaj a’zosi bilan bog‘landi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiyaning xorijiy muhim infratuzilmaga strategik qiziqishini tasdiqlagan. "Tadqiqot kemalarining bevosita vazifasi dengiz tubini skanerlash va bu ma’lumotni harbiylarga taqdim etishdir", — deya tushuntirdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!