Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika: mobil angiograf xizmati Toshkent viloyatida

Yurak salomatligi uchun zamonaviy diagnostika:  mobil angiograf xizmati Toshkent viloyatida

Milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov boshchiligida Milliy tibbiyot markazining malakali shifokorlari tomonidan mobil angiograf xizmati orqali Toshkent viloyatining turli shahar va tumanlarida keng ko‘lamli yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha samarali ishlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bu jarayonda yurak kasalliklarini aniqlash va davolash, KAG (koronar angiografiya), stent qo‘yish va ochiq jarrohlik amaliyotlari bajarildi.

Amaliyotlar quyidagi hududlarda o‘tkazildi:

Angren shahri
• Umumiy KAG soni: 202
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 44 ta
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 47 ta holat
• Ochiq operasiyaga (AKSh) ko‘rsatma: 18 ta
• Toza KAG (anomal holat aniqlanmagan): 93 ta

Olmaliq shahri
• Umumiy KAG soni: 350
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 68 ta
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 78 ta holat
• Ochiq operasiyaga (AKSh) ko‘rsatma: 27 ta
• Toza KAG: 177 ta

Olmaliq AGMK
• Umumiy KAG soni: 375
• Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 75 ta
• Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 76 ta holat
• Ochiq operasiyaga (AKSh) ko‘rsatma: 25 ta
• Toza KAG: 199 ta

Toshkent viloyati o‘tkazilgan 927 ta KAG amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi va quyidagi natijalar qayd etildi:

• ✅Stent qo‘yishga ko‘rsatma: 187 ta holat
• ✅ Qon tomirlarining 50% gacha zararlanishi: 201 ta holat
• ✅ Ochiq operasiyaga (AKSh) ko‘rsatma: 70 ta holat
• ✅Toza KAG (anomal holat aniqlanmagan): 469 ta

🔺Ta’kidlash kerakki, Milliy tibbiyot markazi malakali shifokorlari tomonidan olib borilgan mobil angiograf jarayonlari yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlashda eng samarali usullardan biridir.

🔹Ushbu xizmat bemorlarga yuqori aniqlikdagi diagnostika va tezkor davolash imkoniyatini taqdim etadi. Mobil angiografiya texnologiyasi bilan keng miqyosdagi jarrohlik amaliyotlari bemorlar sog‘lig‘ini yaxshilashga katta hissa qo‘shmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!