Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi ayol 6-sinf o‘quvchisini dars vaqtida kaltakladi

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi ayol 6-sinf o‘quvchisini dars vaqtida kaltakladi

Ijtmioiy tarmoq sahifalarida Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklaganligi haqida xabar chop etildi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumta’lim maktabida 2024 yil 23 sentyabr kuni taxminan soat 15 lar atrofida ikkinchi smenada 6-«V» sinfida rus tili fani darsi mahalida o‘qituvchi R.O. ga o‘quvchi E.G. gap qaytargan va tortishib qolgan. So‘ngra o‘qituvchi R.O. o‘quvchi E.G. ni qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. O‘quvchiga tan jarohati yetkazilmagan, salomatligi joyida.

Bundan xabar topgan o‘quvchi E.G. ning ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida shuni ma’lum qilamizki, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman u 188-maktabga ishga qabul qilinganligi bo‘yicha hali buyrug‘i chiqmagan va yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!