O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun qaydnomasi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun qaydnomasi e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 yanvar kuni Qatar mamlakatida start oladigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.

2 yanvar kuni jamoamiz turnirga so‘nggi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazish uchun Dohaga yo‘l oladi. 7 yanvarda O‘zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi yopiq mashg‘ulot o‘yinini o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Srechko Katanes boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan Osiyo kubogi oldidan terma jamoamizning 28 kishidan iborat ro‘yxati shakllantirildi. Ushbu tarkib Qatarga yo‘l oladi va ulardan 26 nafari turnirda ishtirok etadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun qaydnomasi e’lon qilindi

Darvozabonlar: Botirali Ergashev (OKMK), O‘tkir Yusupov ("Navbahor"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf");

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Rubin"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Husniddin Aliqulov ("Rizespor"), Muhammadqodir Hamraliyev ("Paxtakor"), Abdulla Abdullayev ("Xor Fakkan"), Abduqodir Husanov ("Lans"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf"), Farrux Sayfiyev ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor");

Yarim himoyachilar: Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Otabek Shukurov (Fotih Karagumruk"), Shahboz Umarov ("Ordabasi"), Abbos Fayzullayev (SSKA), Aziz Turg‘unboyev ("Paxtakor"), Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Diyor Xolmatov ("Paxtakor"), Jamshid Boltaboyev ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov ("Navbahor")

Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Kalyari", Igor Sergeev ("Patum Yunayted"), Bobur Abduxoliqov ("Ordabasi"), Azizbek Omonov ("Nasaf")

Bosh murabbiy: Srechko Katanes


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!