O‘zbekiston mahalliy davlat boshqaruvi sohasida Shvesiya tajribasini o‘rganishni boshladi

O‘zbekiston mahalliy davlat boshqaruvi sohasida Shvesiya tajribasini o‘rganishni boshladi

Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston prezidenti administrasiyasi sektor mudiri Mirafzal Miroqilov boshchiligidagi delegasiyaning Shvesiyaga tashrifi uyushtirildi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, safar davomida Stokholm shahri deputatlar kengashi rahbari Olle Burell, Mahalliy demokratiya bo‘yicha Xalqaro shved markazi bosh kotibi Yoxan Lili, Shvesiya parlamenti a’zolari Martin Brozek va Edvin Xillesoy, Mahalliy hokimiyat va mintaqalar assosiasiyasi (SALAR) katta maslahatchisi Magnus Lilestrem, Xalqaro aloqalar instituti va Mudofaa instituti ekspertlari Yoxan Engvall va Mikael Vaysmann bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mamlakat vakillari Shvesiyaning mahalliy deputatlar kengashi va hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha tajribasi bilan tanishdi. Tomonlar O‘zbekiston sharoitida Shvesiyaning ushbu jabhadagi tajribasini tatbiq qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tashrif yakunida shved tomoni bilan ushbu sohada hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!