O‘zbekiston hududidan topilgan ulkan xazinalar
O‘zbekiston xazinalari turli davrlarda o‘zga yurtlarga olib chiqib ketilgan. Ammo shunga qaramay, aksariyatini ona er o‘z bag‘rida hali hamon saqlab kelmoqda. Biroq mustaqillik yillarida arxeologiya sohasiga etarlicha e’tibor qaratilmagani natijasida ularning aksariyati hali-hamon kashf etilganicha yo‘q. Xo‘sh bugun biz arxeologiya sohasiga yetarlicha e’tibor qaratyapmizmi?
Ko‘pincha er ostiga ko‘milgan, yashirib qo‘yilgan va egasi olmagan, keyinchalik esa tasodifan topilgan qimmatbaho buyum va tangalar majmuini xazina, deb ataymiz. Ular qimmatli tarixiy manbalar hisoblanadi.
Tarixda “O‘kuz xazinasi” nomini olgan Amudaryo xazinasi haqida ko‘pchilik eshitgan. Miloddan avvalgi IV–II asrlarga oid mazkur xazinadagi buyumlardan biri – oltin bilaguzuk milliy valyutamizning 100 so‘mlik kupyurasida ham aks etgan.
Dastavval ushbu xazina haqida biroz to‘xtalsak. Amudaryo xazinasi 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida, Taxtiqubod kechuvi yaqinida topilgan. Xazina 179 oltin va 7 kumush buyum, shuningdek, 1500 kumush va chaqa tangalardan iborat. Ular 1897 yilda Londondagi Britaniya muzeyiga olib ketilgan. Bugungi kunda ham o‘sha erda saqlanmoqda.
Hozirgi Tojikiston hududidan topilgan mazkur xazina haqida amaldagi maktab darsliklarida ham ma’lumot berilgan. Biroq yurtimiz hududidan topilgan xazinalar haqida darsliklarda lom-mim deyilmagan. Shuning uchun ham aksariyat kishilar maktabda Amudaryo xazinasi haqida eshitgan bo‘lishsa-da, Vatanimiz hududidan topilgan ko‘plab xazinalar haqida hech narsani bilishmaydi. Xo‘sh, hozirgi O‘zbekistondan qanday xazinalar topilgan?
36 kilogrammlik oltin buyumlar va fil suyagidan ishlangan dunyodagi eng qadimiy shaxmat donalari
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani hududi xazinalar makoni. Tuman markazi – Sho‘rchi shahridan 10 kilometr shimoli-sharqda 47 gektarlik Dalvarzintepa shahri xarobalari yastanib yotibdi. U asrlar davomida ulkan xazinani o‘z bag‘riga olgan.
Qazishmalardan ayon bo‘ladiki, ko‘hna shahardagi kengligi 12 metrga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga borib taqaladi. 1972 yilda O‘zbekiston san’atshunoslik ekspedisiyasi shu uylarning biridan vazni salkam 36 kilogramm chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qadimiy bo‘lgan shaxmat donalarini topdi.
Yarim metr chuqurlikdan qazib olingan ikki baldoqli sopol ko‘zachadagi oltin buyumlar soni 115 ta. Ular yombilar, bilaguzuklar, oltin shodalar va boshqalardan iborat. Taxmin qilinishicha, xazina podsho amaldorlari, boylarga har xil taqinchoqlar tayyorlab beradigan zargarga tegishli bo‘lgan. Chunki ba’zi taqinchoqlar juda og‘ir, hatto bitta bilaguzuk 872 gramm sof oltindan iborat.
Xazinadagi to‘g‘ri burchak shaklida tayyorlangan yombilar katta ilmiy ahamiyatga ega. Ular jami 21 ta, ammo 10 tasida qadimgi kxaroshti yozuvi bitilgan. Dalvarzintepa xazinasi milodiy I asrlarga to‘g‘ri keladi. Xazinaning eng qimmatli tomoni uning antik dunyo davri san’atida tutgan o‘rnidir.
Bo‘stonliqda bo‘y ko‘rsatgan xazinalar
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Burchmulla qishlog‘i nomi tarixda qoldi. 1955 yilda uning yaqinidan topilgan moddiy madaniyat yodgorliklari “Burchmulla xazinasi” nomini oldi. Biroq so‘nggi bronza davriga oid mazkur xazinaning salmog‘i ko‘zni quvontiradigan darajada emas.
Burchmulla xazinasi topilmalari miloddan avvalgi II-I mingyilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani to‘qasidan iborat. Bugungi kunda mazkur xazina O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti fondida saqlanmoqda.
Bo‘stonliqdan topilgan xazina shu bilan tugamaydi. Tumanning Sijjak qishlog‘idagi Ko‘kyong‘oq mavzeida, Piskom daryosining o‘ng sohilida topilgan moddiy madaniyat yodgorligi ham bor. U tarixda “Bo‘stonliq xazinasi” nomini oldi.
1965 yilda cho‘pon Q.Ermatov tomonidan topilgan xazina O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi)ga topshirilgan. Xazinaning qiymati ancha tosh bosadi. U har birining og‘irligi 200 grammli 8 ta burama bilaguzuk, 8 ta tumor saqlanadigan quticha, 27 ta qo‘ng‘iroqcha, 1 ta buloqi (burunni teshib taqiladigan zirak) va bo‘yinga taqiladigan bir qancha zanjirlardan iborat. Bularning barchasi kumushdan yasalgan.
Shunisi qiziqki, bilaguzuklar o‘yma, chizma va bosma usulda ishlangan bo‘lib, ikki uchi ilon boshi ko‘rinishida. Sirti esa turli geometrik shakl, naqsh va so‘g‘dcha yozuvlar bilan bezatilgan. Bo‘stonliq xazinasi milodiy XI asr birinchi yarmiga oid. Bu erdan qadimiy tangalar ham topilgan. Bo‘stonlik xazinasi Toshkent vohasining qadimgi aholisi madaniyatini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Mis va kumush tangalar xazinasi
Bundan tashqari, Angren shahridan taxminan 8 kilometr shimoldagi Dukent qishlog‘idagi o‘rta asrlarga oid Dahkat shahri xarobalaridan kumush va mis tanga xazinalari topilgan. Angren shahri yaqinida joylashgan qadimiy Ko‘hisim shahri xarobalari ham o‘zining 1962 va 1963 yillarda olib borilgan qazishmalar vaqtida topilgan X-XI asrlarga oid ikkita mis va kumush tangalar xazinasi bilan mashhur.
Toshkentning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan Oqota shahar xarobasidan 1960 yilda temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi (hozirgi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi)ga topshirilgan. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududida, Ohangaron daryosi qadimiy o‘zani chap sohilida joylashgan Qanqa shahri xarobalaridan ham tangalar xazinasi, oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar topilgani bu diyor azaldan xazinalar makoni bo‘lganini isbotlaydi.
Toshkent shahridan janubda, Chirchiq daryosining o‘ng sohilida, daryodan yarim kilometr narida joylashgan Xonobodtepa shahar xarobasi ham xazinalarga boy. U erdan VIII asrning birinchi yarmiga oid Choch hokimi Tarnabchaning silovsin tasvirli tangasi, Ustrushona hokimi Satachuriy II, So‘g‘d ixshidi Turgar (hukmronligi: 738–750), Turk hoqoni Eltegin tangalari va abbosiylar sulolasining mis fuluslaridan iborat xazina topilgan.
Shuningdek, Afrosiyobni arxeologik qazishlar vaqtida turli davrlarga oid mis tangalar xazinasi topilgani, yoki Samarqandning Registon maydonidan topilgan XIV–XVI asrlarga oid metall buyumlarning yirik xazinasi ham katta ahamiyatga ega. Hali bu ham hammasi emas. O‘z bag‘riga xazinalar yashirgan makonlar o‘lkamizda talaygina. Biz bu o‘rinda ayrimlarini keltirdik, xolos.
Ermitaj ekspozisiyalarida "Chelak xazinasi"
Hozirgi Namangan viloyati Xok qishlog‘idan 1894 yilda metall buyumlar xazinasi topildi. Miloddan avvalgi II mingyillikning birinchi yarmiga oid bu xazina “Xok xazinasi” nomini oldi. U jami 6 ta buyumdan iborat bo‘lib, 5 tasi jezdan va bittasi kumushdan tayyorlangan. Bular: ko‘za, pichoq bo‘lagi, 3 ta to‘g‘nog‘ich (bittasi kumushdan yasalgan), shuningdek, iskana bo‘lagi.
To‘g‘nog‘ichlar juda mayda ishlangan bo‘lib, uning bir tomoniga buzoqcha hamda sigir sog‘ayotgan ayol juda ustalik bilan tasvirlangan. Xok xazinasi Farg‘ona vodiysi arxeologiyasida noyob hisoblanadi. U hozirda Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajining Sharq bo‘limida saqlanmoqda.
Samarqand viloyati hozirgi Chelak shahar xarobasida 1961 yilda topilgan moddiy boyliklar “Chelak xazinasi” nomini oldi. Topilmalar 4 ta kumush idishdan iborat bo‘lib, ulardan biri sosoniylar davriga oid. Idishda shahanshoh Pero‘z (hukmronligi: 459–484) tasviri tushirilgan. Ikkinchi idish qalin bo‘lib, unda bir eftaliy zodagonning tasviri bor. Qolgan 2 idish yupqa, nozik ishlangan bo‘lib So‘g‘dda qilingan.
Chelak xazinasi milodiy VI asr oxiri – VII asr boshida So‘g‘dda yashagan shaharlikning xonadonidan topilgan bo‘lib, bu erga aftidan bir asr muqaddam kelib qolgan. Chelak xazinasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.
Xulosa o‘rnida
Biz bu mavzuni bejiz ko‘tarmadik. Hozirgi O‘zbekiston diyori azaldan xazinalarga boy bo‘lgan. Birgina misol. Turkiston fronti qo‘mondoni Mixail Frunze Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, o‘sha paytda jahondagi eng katta xazinalardan biri hisoblangan amirlikning butun xazinasini har birida 14 tadan vagon bo‘lgan 2 eshelonda Moskvaga jo‘natgan edi. Bu xazina iqtisodiy nochor sovet Rossiyasini saqlab qolish uchun sarflandi.
Yana bir misol. Sovet Rossiyasidan kunchiqar mamlakat tomon yuzlanamiz. Bugun Yaponiyaning birinchi poytaxti Nara shahridagi Xorudzi ibodatxonasi xazinasida VIII asrda Samarqand va Toshkentda tayyorlangan osori atiqalar, IX–X asrlarga oid ud musiqa asbobi saqlanmoqda. Demak, xalqimiz xazinalari dunyoning turli burchaklarida mavjud. Taqdir taqozosi bilan ko‘plab moddiy boyliklar bugun turli yurtlarda.
Yuqoridagi maqolada asosan XX asrda hozirgi O‘zbekiston hududida topilgan xazinalar haqida so‘z bordi. To‘g‘ri, ko‘plab moddiy boyliklarimiz turli davrlarda o‘z yurtidan olib chiqib ketilgan. Shunga qaramay, aksariyatini ona er o‘z bag‘rida saqlab kelmoqda. Biroq mustaqillik yillarida arxeologiya sohasiga etarlicha e’tibor qaratilmagani natijasida ularning aksariyati hali-hamon kashf etilganicha yo‘q.
Demak, endi tuproq qa’rida yashirinib yotgan xazinalarni xalqqa qaytarish, boy va betakror tariximizning noma’lum sahifalarini tiklash uchun qadimshunoslik – arxeologiya sohasiga alohida ahamiyat qaratish lozim. Ana shundagina buyuk tarixning bebaho boyliklari yana xalqqa qaytariladi.
Ularni mazkur boyliklarning asl egasi bo‘lgan xalqimiz o‘rtasida targ‘ib qilishni, darsliklarda atroflicha ma’lumotlar berishni ham unutmaylik. Zero, bugungi avlod Amudaryo xazinasini bilish bilan bir qatorda yurtimizda xalqqa qaytarilgan xazinalardan ham xabardor bo‘lsin.
Alisher EGAMBERDIYEV,
O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi
Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.
FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin
Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.
O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin
ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.
Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi
Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.
Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi
Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.
O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin
Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.
DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!
Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.
FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi
ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.
Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)
Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.
"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda
Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.
2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi
Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.
O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi
Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.
Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.
Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin
Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.
Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi
Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.
"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"
Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга
Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi
Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.
Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi
Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.
AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi
АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.
Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi
Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.
Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi
Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.
«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp
АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.
Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi
16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.
AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi
АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.
Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi
Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.
BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda
Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.
Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi
Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.
Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi
2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.
Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi
У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.
Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan
Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.
«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi
Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.
Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi
Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.
Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi
Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.
Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi
АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.
