O‘zbekiston chempionati. Vaqtni cho‘zgan, simulyasiya ishlatgan va hakam bilan tortishganlarga jarima qo‘llanildi, jumladan, Babayanga ham

O‘zbekiston chempionati. Vaqtni cho‘zgan, simulyasiya ishlatgan va hakam bilan tortishganlarga jarima qo‘llanildi, jumladan, Babayanga ham

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

2024 yilgi Superliga musobaqasida ishtirok etayotgan «Andijon», «Neftchi» va «Nasaf» futbol klublari Superliganing 1-2-turlari hisobotini, «Dinamo plyus» futbol klubi 1-2-3-turlar hisobotini, «Surxon» futbol klubi esa 2-tur hisobotini O‘FAga taqdim etmagan. Reglament talablarini bajarmagani uchun mazkur futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llash belgilandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, «Andijon», «Neftchi», «Nasaf», «Dinamo plyus» va «Surxon» futbol klublariga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Navbahor lochinlari» — OKMK

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Navbahor lochinlari» — OKMK uchrashuvining 67-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi M. Skrbich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Milan Skrbichga (OKMK) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Metallurg» — «So‘g‘diyona»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Metallurg» — «So‘g‘diyona» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «So‘g‘diyona» futbol klubi bosh murabbiyi I.Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ivan Boshkovichga ("So‘g‘diyona") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Olimpik» — «Lokomotiv»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Olimpik» — «Lokomotiv» uchrashuvining 60-daqiqasida «Olimpik» futbol klubi futbolchisi X. Abdunabiyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Xamidullo Abdunabiyevga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Nasaf» — «Olimpik»

Superliga chempionatining 1-turi doirasidagi «Nasaf» — «Olimpik» uchrashuvining 84-daqiqasida «Nasaf» futbol klubi futbolchisi A. Davronov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alibek Davronovga (Nasaf) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Andijon» — «Bunyodkor»

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 34-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi U.Ismonaliyev uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqib o‘yinchisining yelka qismiga oyog‘i bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Usmonali Ismonaliyevga (Bunyodkor) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 34-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi F. Bekmuratov uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda «Bunyodkor» futbol klubi fubolchisi raqib o‘yinchisining yelka qismiga oyog‘i bilan zarba bergandan so‘ng, bu jarayonda u o‘z jamoadoshi, «Andijon» futbol klubi futbolchisini yiqilmaganini ko‘rib, uni yiqilishga chorlab, tepib, futbolchiga xos bo‘lmagan xatti-harakat qilgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farhod Bekmuratovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 64-daqiqasida «Bunyodkor» futbol klubi futbolchisi T. Abduxoliqov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timurxo‘ja Abduxoliqovga (Bunyodkor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 2-turi doirasidagi «Andijon» — «Bunyodkor» uchrashuvining 71-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi A. Gulyamov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Abdulvohid Gulyamovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Surxon» — «Andijon»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Surxon» — «Andijon» uchrashuvining 55-daqiqasida «Andijon» futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov simulyasiya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Farhodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Surxon» — «Andijon» uchrashuvi yakunlangandan so‘ng «Surxon» futbol klubi futbolchisi Ye. Krimes raqib o‘yinchisini bo‘yin qismidan bo‘g‘ganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Yegor Krimesga (Surxon) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Metallurg”

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko‘ra, uchrashuvning 86-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi D. Ergashev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Davronjon Ergashovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi D. Turopov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Diyor Turopovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi “Neftchi” — “Metallurg” uchrashuvining 87-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan mehmon jamoaning texnik zonasi tomon turli buyumlar uloqtirilgani, uloqtirilgan buyumlar murabbiylardan biriga teggani, uchrashuvning 89-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi gol urgan vaziyatdan so‘ng “Neftchi” futbol klubi muxlislari tomonidan takroran turli buyumlar uloqtirilgani va ulardan biri zaxhira hakamini boshiga teggani bilan bog‘liq holatlar qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Neftchi” futbol klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tishi to‘g‘risida ogohlantiriladi.

«Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 86-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi bosh murabbiyi S. Babayan belgilangan talablarga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Samvel Babayanga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Navbahor lochinlari» futbol klubi futbolchisi O‘. Yusupov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, O‘tkir Yusupovga (Navbahor lochinlari) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«So‘g‘diyona» — «Olimpik»

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — «Olimpik» uchrashuvining 75-daqiqasida «So‘g‘diyona» futbol klubi futbolchisi L. Doriyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Lyupche Doriyevga (So‘g‘diyona) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Superliga chempionatining 3-turi doirasidagi «So‘g‘diyona» — «Olimpik» uchrashuvining 90+3-daqiqasida «Olimpik» futbol klubi futbolchisi T.Mamasidiqov simulyasiya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Timur Mamasidiqovga (Olimpik) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

OKMK — «Dinamo plyus»

Superliga chempionatining 3- turi doirasidagi OKMK — «Dinamo plyus» uchrashuvida «Dinamo plyus» futbol klubi bosh murabbiyi A. Pyatniskiy texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Andrey Pyatniskiyga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Lokomotiv» — «Paxtakor»

Superliga musobaqasining 3- turi doirasidagi «Lokomotiv» — «Paxtakor» uchrashuvida «Lokomotiv» futbol klubi murabbiyi A. Stojmirovich tomonidan uchrashuv startiga 10-15 daqiqa ichida jamoasini tribuna osti yo‘lakchasiga saflanishga olib chiqmagan. Uning natijasida uchrashuv belgilangan vaqtdan 5 daqiqa kech boshlangan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Aleksandr Stojmirovich (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga

«Sho‘rtan» — «Buxoro»

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Buxoro» uchrashuvining 36-daqiqasida «Sho‘rtan» futbol klubi futbolchisi M. Zoirov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muxriddin Zoirovga (Sho‘rtan) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Aral» — «Do‘stlik Toshkent»

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «Aral» — «Do‘stlik Toshkent» uchrashuvining 51-daqiqasida «Do‘stlik Toshkent» futbol klubi futbolchisi M. Jumayev to‘pni atayin tepib yuborib, o‘yin vaqtini cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ma’ruf Jumayevga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Proliga musobaqasining 1-turi doirasidagi «Aral» — «Do‘stlik Toshkent» uchrashuvining 51-daqiqasida «Do‘stlik Toshkent» futbol klubi futbolchisi A. Alijonov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Anvarjon Alijonovga (Do‘stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Sho‘rtan» — «Buxoro»

Pro liga musobaqasining 1- turi doirasidagi «Sho‘rtan» — «Buxoro» uchrashuvida «Buxoro» futbol klubi uchrashuv startiga 75 daqiqa qolguniga qadar uchrashuv qaydnomasini to‘ldirish uchun futbolchilar lisenziyasini Liga komissariga taqdim etmaganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, «Buxoro» futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U-21 chempionati

«Metallurg U21» — «So‘g‘diyona U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Metallurg U21» — «So‘g‘diyona U21» uchrashuvining 34-daqiqasida «So‘g‘diyona U21» jamoasi futbolchisi N. Soyibov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Nodirjon Soyibovga (So‘g‘diyona U21) nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikasiya) va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«So‘g‘diyona U21» — «Olimpik U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «So‘g‘diyona U21» — «Olimpik U21» uchrashuvining 83-daqiqasida «So‘g‘diyona» jamoasi futbolchisi M. Sobirov o‘yin vaqtini atayin cho‘zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Muhammadyusuf Sobirovga (So‘g‘diyona) nisbatan 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Paxtakor U21» — «Nasaf U21»

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 74-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi futbolchisi S. Baxromov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sardorbek Baxromovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 2-turi doirasidagi «Paxtakor U21» — «Nasaf U21» uchrashuvining 87-daqiqasida «Nasaf U21» jamoasi texnik direktori B. Karayev belgilangan tartibga rioya qilmasdan, bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Botir Karayevga (Nasaf) nisbatan 1 000 000 (bir million) so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Surxon U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Surxon U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 42-daqiqasida «Paxtakor» jamoasi futbolchisi S. Poyonov simulyasiya harakati uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sunatillo Poyonovga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Lokomotiv U21» — «Metallurg U21»

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 35-daqiqasida «Metallurg» jamoasi futbolchisi R. Davronov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Raximjon Davronovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 1-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Metallurg U21» uchrashuvining 90+2-daqiqasida «Metallurg» jamoasi futbolchisi Z. Raximjonov to‘pni atayin tepib yuborib, o‘yin vaqtini cho‘zib sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Zafarbek Raximjonovga (Metallurg) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 73-daqiqasida «Paxtakor U21» jamoasi futbolchisi A. Mo‘minov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Alisher Mo‘minovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 89-daqiqasida «Lokomotiv U21» jamoasi futbolchisi K. Yigitaliyev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Kamronbek Yigitaliyevga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Lokomotiv U21» — «Paxtakor U21» uchrashuvining 88-daqiqasida «Lokomotiv U21» jamoasi bosh murabbiyi S. Abdullayev bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Sadriddin Abdullayevga (Lokomotiv U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

«Nasaf U21» — «Qizilqum U21»

U21 chempionatining 3-turi doirasidagi «Nasaf U21» — «Qizilqum U21» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Nasaf U21» futbol klubi futbolchisi A. Odinov bosh hakam qaroriga nisbatan e’tiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Azizbek Odinovga (Nasaf U21) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Barcha murabbiy, futbolchi, hakam va rasmiylarni har qanday vaziyatda ehtiroslarga berilmasdan, professional bo‘lishga chaqiramiz. Sizlar o‘sib kelayotgan yoshlar uchun namuna ekanliklaringizni yana bir bor eslatib o‘tamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!