O‘zbekiston 3180 ta uy-joylar qurilmoqda: ular kimlarga beriladi?

O‘zbekiston 3180 ta uy-joylar qurilmoqda: ular kimlarga beriladi?

Yoshlar ittifoqi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Unda aytilishicha, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar uchun 3 180 ta uy-joylar qurilmoqda.

“2019 yilda 2 116 ta uy-joylar uchun:

yosh oilalarga boshlang‘ich badalining 65 foizgacha bo‘lgan qismini 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdoridagi stavkada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan ssuda tariqasida ajratiladi;

ipoteka krediti bo‘yicha birinchi besh yil nihoyasiga yetgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 25 foizi miqdorida to‘lanadi”, - deyilgan hujjatda.

Shuningdek, loyihada quyidagilar bayon etilgan:

Moliya vazirligi yosh oilalar uchun qurilishi tugallangan 1 064 ta uy-joylar qiymatining dastlabki badal mablag‘lari uchun talab etilayotgan 60 mlrd.so‘m mablag‘ni 2019 yil 2-chorak yakuni bo‘yicha bojxona to‘lovlarining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan;

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq 2 116 ta uy-joylar uchun yosh oilalarga boshlang‘ich badalining 65 foizgacha bo‘lgan qismini 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiz miqdoridagi stavkada ssuda tariqasida ajratish uchun talab etiladigan mablag‘ni 2019 yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha respublika byudjetining prognoz ko‘rsatkichlaridan ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga ajratish belgilangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!