Urganch xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi

Urganch xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan vaqtincha yopiladi

Avval xabar qilinganidek, Urganch xalqaro aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan 2024 yilning 20 iyulidan 7 avgustiga qadar vaqtincha yopiladi.

Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi. "Uzbekistan Airports" yo‘lovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida bepul transfer xizmatini taqdim etadi. Avtobuslar yo‘lovchilarni jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.

Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga ko‘ra, avtobuslar yo‘lovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yo‘lovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi. Moskvadan qaytgan yo‘lovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish jarayoni ham xuddi shunday tashkil etiladi. Nukus aeroportida chegara nazoratidan o‘tib, yuklarni qabul qilib olgan yo‘lovchilarni Urganchga yo‘l oladigan avtobuslar kutib turadi.

Har bir alohida yo‘nalish bo‘yicha to‘liq avtobuslar qatnovi jadvalini ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun "Uzbekistan Airports" Aloqa markaziga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qiling: +998 55 501 45 55.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!