Chip ishlab chiqaruvchi "Microchip" yirik kiberhujumdan so‘ng o‘z biznes faoliyatining bir qismini to‘xtatdi

Chip ishlab chiqaruvchi "Microchip" yirik kiberhujumdan so‘ng o‘z biznes faoliyatining bir qismini to‘xtatdi

AQSh mudofaa sanoati uchun chiplar yetkazib beruvchi yetakchilardan biri bo‘lgan "Microchip Technology" kompaniyasi kiberhujumga uchrab, ba’zi tizimlarni o‘chirishga va operasiyalarni qisqartirishga majbur bo‘lganini aytdi.

Kompaniyaning nazorat qiluvchi organlarga taqdim etgan bayonotiga ko‘ra, 17 avgust kuni axborot tizimlarida shubhali faoliyat aniqlangan. Ikki kundan so‘ng, 19 avgust kuni "Microchip" "ayrim serverlar va ayrim biznes operasiyalari" buzilganini tasdiqladi, deb xabar beradi "Bloomberg".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!