Uolt Disneyning oilaviy ranchosi sotuvga qo‘yildi: narxi 71 million dollar

Uolt Disneyning oilaviy ranchosi sotuvga qo‘yildi: narxi 71 million dollar

Vayomingdagi avvalroq Uolt Disney oilasiga tegishli bo‘lgan rancho 71 million dollarga sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda seshanba kuni The Wall Street Journal.

"Yellouston milliy bog‘idan taxminan 37 km uzoqlikda joylashgan rancho taxminan 2000 gektar maydonni egallaydi" - dedi Hall and Hall yuridik firmasi vakili Jim Teylor . Uning qo‘shimcha qilishicha, hudud uch tomondan tog‘ cho‘qqilari bilan o‘ralgan, bu esa bu joyni “hayratlanarli darajada tanho” qiladi.

Gazetaning yozishicha, rancho avvalroq Uolt Disney oilasi a’zolariga tegishli bo‘lgan.

Uolter Elayas Disney - amerikalik animator, prodyuser va rejissyor. Mikki Maus va boshqa ko‘plab multfilm qahramonlarining yaratuvchisi. 650 dan ortiq prodyuser va 120 ta multfilmlar rejissyori, The Walt Disney Company asoschisi. Tarixdagi eng ko‘p "Oskar" sovrindori: 22 ta tanlov (1933-1959, 1969 - vafotidan keyin), uchta faxriy (1933, 1939, 1942) va Irving Talberg (1942) nomidagi mukofot.

Bugungi kunda The Walt Disney Company dunyodagi eng yirik ko‘ngilochar media konglomeratlaridan biri hisoblanadi. U bir qancha kinostudiyalar, bolalar televizion kanallari, teleradioeshittirish tarmoqlari, bog‘lar, kurortlar va restoranlar tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.



Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!