“Ummon va BAAdan o‘tgan siklon ta’siri Afg‘onistongacha seziladi” — iqlimshunos

“Ummon va BAAdan o‘tgan siklon ta’siri Afg‘onistongacha seziladi” — iqlimshunos

BAAning Dubay shahrida 16 apreli kuni 1 sutka davomida 120 mm yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu Dubay shahri uchun bir yilda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘indan ham ko‘p. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning bildirishicha, mazkur siklon boshqa hududlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Mazkur holat Ummonda ham kuzatilayotgan bo‘lib, kamida 18 kishi halok bo‘lgan hamda Birlashgan Arab Amirliklariga barcha sayohatlar to‘xtatilgan.

Ummon va BAAdan o‘tgan siklon hali o‘z “energiyasini” Eron, Pokiston hamda Afg‘oniston hududlarida ham ko‘rsatadi. Yuqoridagi mamlakatlar falokatli sel-suv toshqinlariga tayyorgarlik ko‘rishi kerak, — deydi iqlimshunos.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!