O‘zbekistonlik dzyudochi qiz sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

O‘zbekistonlik dzyudochi qiz sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng mahoratli dzyudochi Gulnoza Matniyazova professional sportchilik faoliyatini rasman yakunlaganini e’lon qildi.

Bir necha kundan so‘ng 30 yoshni qarshi oladigan sportchimiz Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari, 3 ta Osiyo o‘yinlari, Jahon chempionatlari, “Katta dubulg‘a” va Gran-pri musobaqalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi.

Kecha Olimpiya o‘yinlari doirasida aralash jamoaviy dasturda 3 ta terma jamoa vakillariga qarshi bahsda barcha bellashuvlarda g‘alaba qozondi va sportchilik faoliyatini yuqori notada yakunladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!