O‘lim vodiysida rekord qayd etildi
Milliy bog‘lar xizmati (NPS) ma’lum qilishicha, Yer yuzidagi eng issiq joy - O‘lim vodiysi iyul oyida rekord darajadagi eng issiq oyni qayd etdi.
Juma kuni e’lon qilingan bayonotda , NPS parkda o‘rtacha 24 soatlik harorat 108,5 F (42,5 C) bo‘lganligini va bu o‘z navbatida 2018 yilda o‘rnatilgan 108,1 F (42,3 C) oldingi rekordni ortda qoldirganini aniqladi.
Iyul oyida O‘lim vodiysida o‘rtacha yuqori harorat 121,9 F (49,9C) edi.
O‘tgan oydagi eng yuqori harorat 7 iyulda sodir bo‘lgan, o‘shanda Furnace Creekdagi ob-havo stansiyasi 129,2F (54C) ni qayd etgan.
“Biz yaqindagina Yerning eng issiq joyida tarixdagi eng issiq oyning guvohi bo‘ldik! Eng issiq 10 ta yozdan oltitasi so‘nggi 10 yil ichida yuzaga keldi. Bu ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lishi kerak", dedi park boshlig‘i Mayk Reynolds.
Park rasmiylari O‘lim vodiysiga borayotgan sayohatchilarni kondisionerli mashinadan 10 daqiqalik yo‘ldan uzoqlashmaslikka, ko‘p suv ichishga, sho‘r gazaklar iste’mol qilishga, shlyapa kiyishga va quyoshdan himoyalovchi krem surishga chaqirmoqda.