Ukraina qurolli kuchlarining Qora dengiz flotiga muvaffaqiyatli hujumlaridan keyin Rossiya harbiy kemalarini qayta joylashtirdi — Buyuk Britaniya razvedkasi

 Ukraina qurolli kuchlarining Qora dengiz flotiga muvaffaqiyatli hujumlaridan keyin Rossiya harbiy kemalarini qayta joylashtirdi — Buyuk Britaniya razvedkasi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, avvalroq Sevastopol bandargohida joylashgan Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining yirik va zamonaviy kemalari sharqiy hududlarga ko‘chirilgan.

Rossiyaning o‘z yo‘qotishlarini kamaytirishga urinishlariga qaramay, Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya Qora dengiz flotining mintaqadagi yetakchilik qobiliyatini zaiflashtirishda muvaffaqiyatli harakatlarni davom ettirmoqda, deyiladi bayonotda.

Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina harbiy-havo kuchlarining 24 mart kuni Qrim hududiga uyushtirgan hujumi oqibatida Rossiya Qora dengiz flotining aloqa markazi, ikkita yirik desant kemasi, tanklar va razvedka kemasi zarar ko‘rgan, hujumning natijasi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali tasdiqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!