Ukraina AQShdan Bayden boshchiligida "rok-roll" kutmoqda

Ukraina AQShdan Bayden boshchiligida "rok-roll" kutmoqda

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba  Jo Baydenning yangi ma’muriyati davrida Kiyevning AQSh bilan munosabatlari yaxshi bo‘lishiga umid qilmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu munosabatlar "rok-roll" singari dinamik va harakatchan bo‘ladi. Kuleba AQSh va Ukraina strategik sheriklar ekanligini, shuning uchun xavfsizlik masalalariga katta e’tibor berishlarini ta’kidladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning boshqa ustuvor yo‘nalishlari iqtisodiyot – Ukrainaga sarmoya kiritish va jahon bozorlaridagi savdo, shuningdek, Vashingtonning islohotlarni o‘tkazishda ko‘maklashish bo‘ladi.

“Biz ushbu strategik sheriklik "qo‘shig‘i"ga yanada yaxshiroq ohang qo‘shishimiz kerak. Bizda xavfsizlik bor. Bu yuz foiz ustuvor ahamiyatga ega. Bizda Ukrainaning o‘zgarishi bor. Bu yerda AQSh mamlakatni ichkaridan mustahkamlashda bizga jiddiy yordam berishi mumkin», – dedi Kuleba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!