“O‘g‘lim — yaxshi odam”. Teraktda gumonlanayotgan Alisher Qosimovning onasi o‘g‘lining aybdorligiga ishonmasligini aytdi

“O‘g‘lim — yaxshi odam”. Teraktda gumonlanayotgan Alisher Qosimovning onasi o‘g‘lining aybdorligiga ishonmasligini aytdi

Moskva viloyatidagi Crocus City Hall’da sodir bo‘lgan teraktda ayblanayotgan asli qirg‘izistonlik Alisher Qosimovning onasi o‘g‘li tergov izolyatoriga jo‘natilganidan keyin jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

59 yoshli Ra’noning aytishicha, Alisher “Halol” kafesida oshpaz bo‘lib ishlagan. Uning uchta voyaga yetmagan farzandi bor. Alisher terakt sodir etishda ayblanayotganlar uchun ijaraga bergan kvartira ipoteka evaziga sotib olingan.

U sodda odam, hammaga ishonadi. U har doim odamlarga yordam berishni xohlardi! Ularni Avito orqali topgan... ularga ijaraga berganini bilardim. Lekin u bu yigitlarni tanimasdi, — dedi ayol.

Davlat kanallari jurnalistlari Ra’nodan nima uchun o‘g‘li Avitodagi e’londa “faqat ruslarga” uy-joy ijaraga berishini, lekin bu kvartirani Tojikistondan kelganlarga ijaraga berganini so‘rashgan. Ayol o‘g‘liga yaxshi pul taklif qilinganini aytgan.

Qosimov tojikistonlik ikki erkakka uy ijaraga bergani, ular uni Moskvaga pul topish uchun kelganliklari va qurilishda ishlashlariga ishontirgani aytilmoqda. Kelishuvdan oldin ayblanuvchi onasi bilan maslahatlashgan.

Mening o‘g‘lim terrorchi emas, u ularni tanimaydi, ular bilan hech qanday aloqasi yo‘q, — deya ta’kidlagan Alisher Qosimovning onasi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!