Uchta hududda kuchli ta’sir qiluvchi hamda boshqa dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Uchta hududda kuchli ta’sir qiluvchi hamda boshqa dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.B. va boshqalar, 240 dona “Tropikamid”, 2,1 ming dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.T.ga 28 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Farg‘ona tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro O.A.ga 1 980 dona “GULSEF-SB” nomli dori vositasini 28,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan yana 22 dona “Ferasoft-S” va 5 dona “Ferrac” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, X.A.ning xonadonidan jami 1 470 dona “Mikonid”, “FerroZinc”, “Immuzinc” hamda yaroqlilik muddati o‘tgan 434 dona “HINDCEF-SB”, “BAZOSID” va “LikoMast” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!