Uchta hududda 73 nafar bemor koronavirusni yengdi

Uchta hududda 73 nafar bemor koronavirusni yengdi

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sog‘aydi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 143 nafarga yetdi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 301 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!