Uchko‘prik va Yuqorichirchiq tumanlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Uchko‘prik va Yuqorichirchiq tumanlarida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda fuqaro S.U. O‘zbekiston tumani Mingtut MFY hududida ohak ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan yashirin sex tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, faoliyat ko‘rsatib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 650,8 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shuningdek, Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro K.T. o‘ziga tegishli bo‘lgan noturar binoda tashkil qilingan “issiqxona”ni tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 74,7 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!