To‘y va dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoshlar atrofdagilarning g‘azabiga uchradi

To‘y va dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazmoqchi bo‘lgan yoshlar atrofdagilarning g‘azabiga uchradi

Kaliforniyada istiqomat qiluvchi yosh kelin-kuyov to‘y va xolasining dafn marosimini bir vaqtda o‘tkazishga qaror qilishdi.

Bu haqda ular ijtimoiy tarmoqda tegishli post yozishdi. Bu post o‘z navbatida foydalanuvchilarning keskin tanqidga uchradi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga asosan xabar qildi.

Sevishgan juftlik qarindoshining vafot qilgani uchun qayg‘uda ekani, biroq o‘z rejalarini o‘zgartirishni xohlamasligini ma’lum qilishdi.

Biz barchamiz chuqur qayg‘udamiz, lekin kelgusi haftada to‘yni bekor qilmaymiz deb va’da beramiz , - deb yozishdi yoshlar.

Ularning fikriga ko‘ra, dafn uchun ko‘p harajat qilinadi, shuning uchun ular to‘yni marhum xolasi bilan birga nishonlashga qaror qilishdi.

Post ijtimoyi tarmoq foydalanuvchilarining keskin tanqidiga uchradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!