Turkmanistonda qurol importi qanchaga oshgani ma’lum bo‘ldi

Turkmanistonda qurol importi qanchaga oshgani ma’lum bo‘ldi

Turkmaniston joriy yilda qurol importini sezilarli darajada oshirdi. Bu haqda Avstraliya Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan tuzilgan dunyo mamlakatlarining tinchlik yillik reytingida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, eng ko‘p qurol importi Armaniston, Turkmaniston va Qatar davlatlari tomonidan amalga oshirilgan. Tadqiqotlarga ko‘ra, 163 mamlakatning 92 tasida qurol importi ko‘rsatkichi oshgan. O‘rtacha o‘sish 4 foizni tashkil etadi.

Joriy yildagi qurol-yarog‘ importi bo‘yicha ko‘rsatkichi butun dunyoda sezilarli darajada oshgan (va eng katta yaxshilanish – terrorizm tarqalishida, u o‘rtacha 7 foizga kamaydi). Biroq, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, dunyoda eng ko‘p qurol importi 2012 yilda bo‘lgan.

Shu bilan birga, Turkmaniston fuqarolari eng kam zo‘ravonlikka uchragan mamlakat sifatida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich 1 foizni tashkil qiladi. Ushbu ro‘yxatda oxiridan ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston va Yaponiya 3,1 foiz ko‘rsatkich bilan, uchinchi o‘rinni 4 foiz ko‘rsatkich bilan Singapur egallab turibdi.

Xabarga ko‘ra, tadqiqotchilar Turkmanistondagi jinoyatchilik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayerdan olgani noma’lumligicha qolmoqda. Mamlakat rasmiylari bunday statistikani e’lon qilmaydi, rasmiy ommaviy axborot vositalari hatto alohida jinoyatlar haqida ham xabar bermaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!