Turkmaniston prezidenti 365 nafar mahbusni afv etdi

Turkmaniston prezidenti 365 nafar mahbusni afv etdi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Qadr kechasi (“Qadr kechasi” yoki “Ahya kechasi” – tahr.) munosabati bilan 365 mahbusni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda u “Vatan” teleko‘rsatuvida ma’lum qildi.

“Hurmatli Vazirlar Mahkamasi a’zolari, an’anaga ko‘ra, muborak Qadr kechasi arafasida sodir etgan jinoyati uchun sudlangan, lekin qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarni afv etish tadbirlarini o‘tkazmoqdamiz. Turkmanistonda mahkum etilgan 356 nafar fuqaroning muqaddas Qadir kechasi yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzolang”, — dedi prezident mamlakat Vazirlar Mahkamasi majlisida.

Berdimuhamedov Turkmaniston Prezidenti huzuridagi Fuqarolik va afv etish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash komissiyasi raisi Begench Gundog‘diyevga huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan birgalikda mahkumlarni qamoqda saqlash joylaridan ozod qilish va qaytarish bo‘yicha zarur ishlarni amalga oshirishni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!