Turkiyaning NATOdagi vaqti tugayapti

Turkiyaning NATOdagi vaqti tugayapti

Anqaraning BRIKSga qo‘shilish istagini sharhlar ekan, turkiyalik siyosatshunos Serhat Latifog‘lu yaqin yillar ichida Turkiya yo NATOdan chiqib ketadi yoki undan chiqishga majbur bo‘lishini aytdi: “Turkiya BRIKSga kiradi. Bunday niyat bor. Bu NATO davlatining BRIKSga a’zo bo‘lishining misli ko‘rilmagan namunasi bo‘ladi. BRIKS va Turkiyaning tashqi siyosat va iqtisodga oid asosiy tamoyillari to‘liq mos keladi”

Tahlilchiga ko‘ra, NATO doirasida Turkiya ko‘p masalalarda alyansdagi hamkorlaridan turlicha pozisiyalarni egallaydi va ayrim hollarda blokning boshqa a’zolari bilan munosabatlarni qarama-qarshilik deb atash mumkin.

Turkiyaning BRIKSga kirishiga javoban G‘arb davlatlari Turkiyaga qarshi tashviqot kampaniyasini boshlab yuborishi va Anqarani NATOdan siqib chiqarishga harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!