Turkiya O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi 200 ming doza vaksina yuborishi kutilmoqda

Turkiya O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi 200 ming doza vaksina yuborishi kutilmoqda

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid bitim imzolandi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, bitimni O‘zbekiston nomidan bitimni mamlakatning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev, Turkiya nomidan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Xalil Eldemir imzolagan.
“Hujjatga ko‘ra, Turkiya O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza vaksina, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlarini yuboradi”, - deyilgan xabarda. Aynan qaysi kompaniya vaksinalari yetkazib berilishi ochiqlanmagan.
Ta’kidlanishicha, vaksinalar va dorilarning mazkur partiyasi Turkiya tomonidan O‘zbekistonga do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuborilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1 apreldan boshlangan edi. Aholi ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V", "AstraZeneca", "Moderna" va "Pfizer/BioNTech" vaksinalari bilan emlanmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatda jami 22,4 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan. To‘liq emlanganlar 5,1 mln kishini tashkil qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!